Qirğiziston Jogorku Keneşi (parlament) yiğilişida militsiya xodimlarini foto va videosuratga olişni taqiqlovçi qonun loyihasi deputatlar tomonidan rad etildi.

Jinoyat va Huquqbuzarliklar kodeksiga taklif etilayotgan özgartişlar davlat organlari mansabdor şaxslari, şuningdek, boşqa şaxslarning öz kasbiy vazifalarini bajariş çoğida suratga oliş va videoga oliş taqiqlanişini nazarda tutar edi. Bundan taşqari, «obrösizlantiruvçi» fotosurat va videolarni internetga joylaştirganlik uçun 5 ming qirğiz sömi miqdorida jarima yoki 7 sutkagaça qamoq taklif qilingan edi.

«Fuqarolar özini himoya qiliş uçun videoga oliş huquqiga ega. Xalqqa jarima va qamoqqa oliş bilan tahdid qiliş kerak emas», dedi deputat Baxtiyor Kalpayev qonun loyihasi muhokamasida. U nega huquqiy ma’lumotga ega huquq-tartibot idoralari xodimlari amaldagi qonunlar doirasida öz huquqini himoya qila olmaydi va ularni bunday repressiv qonun bilan himoya qilişni söraydi, degan savolni örtaga qöydi.

Qonun loyihasi taşabbuskori Suyun Omurzoqov bu faqat xodimlarni obrösizlantiriş maqsadida video montaj qilinişini nazarda tutayotganini aytdi va «jamiyatning faqat ayrim qatlamlarigina bunga qarşi» ekanini ta’kidladi.

Yakuniy ovoz beriş natijasida qonun loyihasi qabul qilinmadi.