Jamiyat | 12:51 / 30.09.2019
7154
4 daqiqa o‘qiladi

«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?

Joriy yilning 27 sentabr kuni “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Farg‘ona viloyati hududida faoliyat yuritayotgan matbuot xodimlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

U prezidentning 2019 yil 27 iyundagi PQ–4366–sonli “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, elektr tarmoqlari korxonalariga oid hukumat qarorlarining mazmun mohiyatini keng ommaga yetkazish, qarorlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda keng yoritib borish samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Anjumanda prezidentning 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz–qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4407–sonli qaroriga muvofiq, viloyatning tuman va shaharlarida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yoritib berildi. 

Xususan, soha mutaxassislarining axborotiga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qabul qilingan “Elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta'mirlashni 2019 yilga mo‘ljallangan reja dasturi”ga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joriy yil davomida jami 753,75 km uzunlikdagi 0,4–110 kVli elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirdan, 15 068,8 km uzunlikdagi 0,4–110 kVli elektr uzatish tarmoqlari joriy ta'mirdan chiqarildi. 1 413,9 km uzunlikdagi 0,4–6–10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi, 4 621 dona 6–10/0,4 kVli transformator punktlari joriy ta'mirdan chiqarildi.

Bundan tashqari, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 2019 yilda Farg‘ona viloyatida 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 60 ta transformator punktlari, 117,49 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini  rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 41 ta transformator punktlari, 72,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari yangilash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. 

“Obod mahalla” dasturi bo‘yicha Farg‘ona viloyatida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 11 ta transformator punktlari, 30,9 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini  rekonstruksiya va modernizatsiya qilish  rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar, 27,6 km elektr uzatish tarmoqlari va 7 ta transformator punktlari rekonstruksiya qilindi.

Shuningdek, anjuman davomida ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholiga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash maqsadida jamiyatning tuman (shahar) elektr ta'minoti korxonalarida Matbuot xizmatlari tashkil etilganligi hamda hozirgi kunda mas'ul xodimlar tomonidan mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi ta'kidlab o‘tildi.

Mavzuga oid