Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 180 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar fosh bo‘ldi
Yurtimizga sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro T.O.ning yashash xonadoni hamda unga tegishli bo‘lgan “Kia Bongo” rusumli avtomashina belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu xonadonda va avtomashinaning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 180 million so‘mlik kiyim-kechaklar, xo‘jalik buyumlari hamda maishiy texnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026