Allergiya davosiz emas: DOKTOR SALIMOV'dan murakkab kasallikning oddiy yechimi
Allergiya – XXI asr kishisi ko‘nikib ulgurgan epidemiya. Avtomobillar sonining, bunga bog‘liq holda changning ortayotganligi, ekologik buzilishlar, sun'iy ozuqalar, soni bor-u sanog‘i yo‘q dorilar... Bularning ta'sirida allergiyadan «bahramand» bo‘lish hech gap emas.
Allergiyaning turi ham ko‘p: bronxial astma, allergik rinit, pollinoz va allergodermatozlar eng ko‘p tarqalgan allergik xastaliklar hisoblanadi.
Dunyo aholisining 15-30 foizi bronxial astma, 25-35 foizi allergik rinit, 25 foizi pollinoz, 15-20 foizi teri allergik xastaliklari bilan og‘rishi allergiyaning qanchalik chuqur va keng tarqalganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston uchun ham bu muammo begona emas. Ilgari O‘zbekiston aholisining 2-4 foizi allergiyaning turli ko‘rinishlaridan aziyat chekkan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 15 foizga yetgan.
DOKTOR SALIMOV xususiy klinikasi bu muammo uchun innovatsion yechim taklif qiladi. Klinikada allergologiyada qabul qilingan halqaro standartlarga qo‘shimcha ravishda qo‘llanilayotgan o‘ziga xos davolash uslublari davo samarasini bir necha baravarga orttiradi. Misol uchun, bronxial astma davosida 1996 yilda qabul qilingan hamda 2000 yildan e'tiboran O‘zbekistonda ham amaliyotga kiritilgan GINA halqaro standarti qo‘llaniladi. Bu hujjatda bronxial astma muolajasida pog‘onama-pog‘ona davolash uslubi taklif qilingan. Bemorga har bir pog‘onada 3 oydan ingalyatsion glyukokortikosteroidlar buyuriladi. Shu asnoda astmaning III pog‘onasidagi bemor 9 oy mobaynida, ya'ni har bir pog‘onada 3 oydan ingalyatsion gormonlarni qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Bizda qo‘llanilayotgan igna sanchib davolash, manfiy zaryadlangan ionlar oqimi bilan davolash uslublari gormonlarga bo‘lgan ehtiyojni keskin kamaytiradi, bemorlarga har bir pog‘onada 3 oy emas, balki 1 oydan ingalyatsion glyukokortikosteroidlarni qo‘llash imkoniyatini vujudga keltiradi, gormonga bo‘lgan mutelikdan tezroq xalos bo‘lishlariga yordam beradi. Shu sababdan biz allergik xastalikka chalingan bemorlarning muolaja rejalariga tizimli ta'sir ko‘rsatib, tananing endokrin, immun tizimlarini izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tabletka hamda inʼeksiya ko‘rinishidagi prednezolon, deksametazon, kinolog, diprospan singari gormonal dori vositalarini qo‘shmaslikka, gistaminga qarshi dori vositalarini buyurmaslikka harakat qilamiz.
Uslublarimizning samaradorligi bois qo‘shni davlatlar, jumladan, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda Yevropa fuqarolarining ham e'tiboriga tushmoqda.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi 1V-uy.
Mo‘ljal: Chorsu bozori, Sharq to‘yxonasi
Telefonlar: +998712494333, +998712444164, +998975384099, +998909006501
Sayt: www.allergy.uz
Telegram: t.me/doktorsalimov
Email: dr.salimov@mail.ru
Reklama huquqi asosida