Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Bojxona xodimlari ayrim shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari, qo‘shni davlatdan ushbu post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.G. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazishganda ushbu shaxsning qo‘l yuklari va kiyimlari orasida umumiy qiymati qariyb 96,5 million so‘mlik jami og‘irligi 385.55 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilganligini aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ushbu post xodimlari tomonidan yana bir yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.M. xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu fuqaro umumiy qiymati qariyb 197 million so‘mlik jami 786 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga uringanligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026