2019 yilning hozirgi davriga qadar respublika böyiça daraxtlarni noqonuniy kesiş bilan boğliq 3 mingdan ortiq holat aniqlangan. Bu 2017 yilga qaraganda 56 foizga ortiq. Huquqbuzarlarga nisbatan jami 4 mlrd. 524 mln. söm miqdorida jarima qöllanilgan, ammo 1800dan ziyod ma'muriy iş yuzasidan 3 mlrd. 72 mln. söm mablağ undirilmagan. Mazkur holat böyiça Senatning 23-yalpi majlisida axborot berildi. 

Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyevga köra,  hududlar kesimida tahlil qilinganda daraxtlarni noqonuniy kesiş böyiça Surxondaryoda 509ta, Qaşqadaryoda 368ta, Buxoroda 271ta, Farğonada 224ta, Xorazmda 187ta, Samarqandda 161ta, Toşkent şahrida 203ta holat aniqlangan.

“Bu kabi salbiy holatlar aholining ekologik-huquqiy madaniyati darajasining pastligi, brakonerlarning öz manfaati va ehtiyojlari yölida ösimlik dunyosi obektlaridan noqonuniy tarzda foydalanişi  oqibatida  sodir bölmoqda. Daraxtlarni noqonuniy kesiş holatlari faqatgina tuman va şaharlarda emas, balki örmon fondi yerlarida ham kuzatilmoqda. Xususan, Boysun tumanidagi 70-80 foizi örmon bilan qoplangan 35 ming 400 gektar maydon fermer xöjaliklariga tarqatib yuborilgan. Bu yerlardan foydalaniş jarayonida Qizil kitobga kiritilgan 100–150 yillik “Zarafşon” arçalariga zarar yetkazilmoqda”, — deydi senator.

Qayd etilişiça, örmon fondi yerlarida daraxt va butalarni noqonuniy kesiş holatlari örmon xöjaligi organlari mansabdor şaxslari tomonidan ham sodir etilmoqda. Xususan,Çiroqçi tumanidagi “Yettitom” örmon fondiga tegişli bölgan 3,5 gektar maydonda Qaşqadaryo örmon xöjaligi xodimlari tomonidan 2018 yil dekabr oyida jami 194 tup daraxt qonunga xilof ravişda heç bir hujjatsiz kesib ketilgan. 

Yalpi majlisda ma'lum qilinişiça, şahar va aholi punktlarida daraxtlarni parvariş qiliş, ulardagi turli kasalliklarga qarşi kuraşiş faoliyati yaxşi yölga qöyilmagan, natijada daraxt va butalar biologik, sanitariya jihatidan açinarli holatga kelib qolgan. Daraxtlar holati uçun javobgar mutasaddi taşkilotlar hisobotlarda kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşiş işlari 100 foizga bajarildi, deb körsatilgan, ammo amalda iş bajarilmagan. 

Bahodir Tojiyevga köra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi daraxt va butalarni kesiş böyiça ruxsatnomalar reyestrini yuritişi, uni öz rasmiy veb-saytiga joylaştirişi belgilangan, lekin bu tartib hali joriy qilinmagan.