Prezident Şavkat Mirziyoyev Senat yangi çaqiriğining ilk yalpi majlisida sözga çiqib, yuqori palata oldida turgan dolzarb vazifalarni sanab ötdi.
Yangilangan Konstitutsiyada Senat va Qonunçilik palatasi vakolatlaridagi takroriy holatlar bartaraf etilib, ularning har biriga tegişli vazifalar aniq körsatildi. Endilikda Senat qonunlarni muhokama qilişda yangiça mexanizmlarni joriy etişi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy kengaşlarni keng jalb etiş, har bir qonun böyiça ularning fikrini oliş amaliyotini yölga qöyiş muhim ahamiyatga ega.
Hududlarning öziga xos xususiyat va imkoniyatlari hisobga olinmagan qonunlar quyi böğinda samarali işlamasligi bois, davlat rahbari qonunlarni parlament qömitalarida körib çiqişda vazirlik va idoralar vakillari bilan emas, balki mahalliy kengaşlar deputatlari bilan köproq iş olib borilsa, adolatdan bölişini ta’kidladi.
Özbekiston Konstitutsiyada Senat hududiy vakillik palatasi ekani belgilab qöyilgan. Şunga köra, mahalliy kengaşlar faoliyatiga har tomonlama kömaklaşiş Senatning ustuvor vazifasi bölişi kerakligi ta’kidlandi.
Endi xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlariga hokimlar emas, balki deputatlar orasidan saylangan kengaş raislari boşçilik qiladi. Prezident bu siyosiy islohot orqali Özbekiston xalqining 30 yillik orzusi röyobga çiqqanini aytdi.
Bu yil hokimlarning 33 ta vakolati kengaşlarga olib berildi, yana 17 ta vakolatni ötkaziş reja qilingan. Misol uçun, içimlik suvi tarifiga ustama, davlat obektlari va bozorlarda ijara tölovlari kabi jami 7 turdagi mahalliy yiğimlar miqdorini tasdiqlaş vakolati ham mahalliy kengaşlarga ötkazilişi közda tutilgan.
Şuningdek, kengaş sörovi va kengaş tekşiruvi kabi yangi mexanizmlar orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazorat kuçaytiriladi.
Mahalliy kengaşlar tomonidan har yarim yilda qilingan işlar böyiça matbuot anjumanlari ötkaziş amaliyoti yölga qöyilsa, bu ularning faoliyatida oşkoralik va hisobdorlikni kuçaytirişi körsatib ötildi.
Hokim ham, kengaş raisi ham, avvalo, öz hududida yaşayotgan aholi manfaatlarini yetakçi öringa qöyib, bir jamoa bölib işlaşi lozimligi qayd etildi.
Ayni paytda Konstitutsiyada belgilanganidek, tuman, şahar va viloyatlar miqyosida qonun hujjatlarini sözsiz ijro etiş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantiriş uçun hokimlar mas’ul va javobgar.

















