Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya yangi imperatorining taxtga o‘tirishi marosimida O‘zbekistondan Tanzila Norboyeva qatnashadi
Yaponiya yangi imperatorining taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda O‘zbekistondan Tanzila Norboyeva qatnashishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
2019 yil 16 oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Parlament diplomatiyasi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.
Yaponiyaga yuksak darajadagi tashrifni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish muhokamaning muhim mavzusi bo‘lgan. Bu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilishi aytiladi.
Shu bilan birga, Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan 22-23 oktabr kunlari Tokioda o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026