Jamiyat | 15:39 / 17.10.2019
19365
2 daqiqa o‘qiladi

«Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida 6ta yangi avtobus qo‘shimcha qatnovga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

«Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha 6ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 oktabr kunidan e'tiboran ushbu yo‘nalishda Xitoyda ishlab chiqarilgan ZHONGTONG 6ta zamonaviy va barcha qulayliklarga ega avtobusning qo‘shimcha qatnovlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalish masofasi 602.8 km. bo‘lib, yo‘lga sarflanadigan umumiy vaqt 10 soatni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishda ikkinchi tomondan Uzavtotrans service MChJ o‘zining Yutong avtobuslarida aholiga transport xizmati ko‘rsatmoqda. 

Butun yo‘nalish va safar davomida yo‘lovchilar xavfsizligini va harakat jadvaliga rioya etilishini ta'minlash maqsadida, barcha avtobuslar GPS tizimi orqali nazorat qilib boriladi. Avtobuslar yo‘lga chiqish oldidan texnik, haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, deyiladi xabarda. 

«Toshkent» avtovokzalidan har kuni soat 09:30, 15:00 va 18:30da «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda chipta narxi 66 ming so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga oid