Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda samolyot va avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi
AQShning Viskonsin shtatida bir motorli samolyot qo‘nishi vaqtida avtomobil bilan to‘qnashib ketdi.

Buning oqibatida uchuvchi halok bo‘lgan, deb xabar berdi WBAY telekanali.
Voqea 17 oktabr kechki vaqt Ledjyevyu shahri yaqinida yuz bergan. Braun okrugi sherifi idorasida ma'lum qilinishicha, samolyot xususiy aerodromga qo‘nish uchun pastlayotgan vaqtda qo‘shni yo‘lda harakatlanayotgan pikap bilan to‘qnashib ketgan. Mahalliy aholi vakili bo‘lgan uchuvchi voqea joyida halok bo‘lgan, haydovchi esa shifoxonaga yetkazilgan va uning hayoti xavf ostida emas.
Voqea tafsilotlari hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Mutasaddi idoralar tergov olib bormoqda. To‘qnashuv sababli voqea joyidagi yo‘llar vaqtinchalik yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:01
“Biz Yaqin Sharqdagi urushlardan charchadik” - amerikalik senator
13:55
Tramp: Ukraina bo‘yicha muzokaralar ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatida “juda yuqori” o‘rinda
12:55
Tramp Ispaniyaga to‘liq savdo embargosi joriy etmoqchi
09:10