Kunning ikkinçi yarmida poytaxt Bayrutdagi hukumat binosi oldida davlat bayroqlarini kötargan kişilar töplana boşlaşdi. Namoyişçilar Livandagi siyosiy tizimni töliq qayta körib çiqişni talab qilişmoqda.
Frans press muxbiri xabar qilişiça, Bayrut markazi şu kunlarda harbiy harakatlar hududiga öxşab qolgan. Köçalar sindirilgan derazalar parçalari, ağdarilgan çiqindi qutilari va yoqilgan şinalar qoldiqlari bilan tölgan. Banklar, restoranlar va köplab dökonlar yopib qöyilgan.

Avvaliga stixiyali körinişda boşlangan namoyişlar endilikda butun mamlakatni qamrab olmoqda. Livan şimolida, mamlakatning ikkinçi yirik şahri Tripolida (Liviya poytaxti Tripoli emas) ham namoyişçilar köçalarga çiqişgan.
17 oktabr kuni Livanda minglab namoyişçilar Saad Haririy koalitsiyasi hukumatining soliq siyosatiga qarşi norozilik bildirib norozilik aksiyalari boşladi. Xalq noroziligiga hukumat WhatsApp va boşqa messenjerlardan foydalanganlik uçun soliq joriy qilişi va tölov miqdorini oyiga 6 AQŞ dollari qilib belgilangani sabab bölgandi. Köp ötmay hukumat bu qarorni bekor qildi, ammo namoyişlarni töxtatib bölmay qolgandi.

Siyosatçilar nima deyişmoqda?
18 oktabr kuni Bayrutda Livan xavfsizlik kuçlari namoyişçilarning harakatlariga qarşilik körsatib közni yoşlantiruvçi gaz qöllab ularni tarqatişga uringan. Ma'lumotlarga köra, uşbu harakat ta'sirida namoyişçilarning bir neçtasi huşini yöqotgan, politsiya 70dan ortiq kişini qölga olgan, ularga öğrilik va köçalarda öt qöyiş böyiça ayblar qöyilgan.
Mamlakat boş vaziri Saad Haririy hukumatdagi koalitsiyaga duşanba kuniga qadar oğir vaziyatdan çiqiş böyiça variantlar taklif qiliş uçun muhlat bergan.
Livandagi «Hizbulloh» radikal harakati yetakçisi Hasan Nasralla televideniye orqali namoyişçilarga murojaat qildi. U odamlarni siyosiy harakatlarga çorladi.
Nasralla şuningdek, Saad Haririyni ham tanqid qilib ötgan. U «öz majburiyatlarini bajarmasdan boşqalarni ayblayotganlar»ni qoralagan. Ammo «Hizbulloh» yetakçisi hukumatdan iste'fo talab qilmagan, yangi hukumatni şakllantiriş uçun juda köp vaqt ketişini ta'kidlab ötgan.


















