Isroil armiyasi va içki xavfsizlik xizmati qöşma bayonot bilan çiqib, Ğarbiy sohilda “aksilterror amaliyoti” boşlanganini e’lon qildi. Falastin rasmiylari esa bosqinni “etnik tozalaş” deb atayapti. Sönggi vaqtlarda Livandagi “Hizbulloh”ga qaratilgan harbiy harakatlar va rasmiy Bayrutga bosimlar ham faollaşgan.
Isroil armiyasi Ğarbiy sohilning Tubas, Tammun, Aqqaba va boşqa şaharçalarida uyma-uy tintuv ötkaza boşladi. Aholining Al-Jazeera'ga aytişiça, harbiy buldozerlar tongga yaqin Tubasga kiruvçi barça yöllarni tuproq uyumlari bilan tösib taşlagan. Isroilning “Apache” vertolyotlari esa Tubas atrofidagi böş maydonlarga ogohlantiruvçi öqlar yoğdirgan.
Ğazodagi uruş boşlanganidan buyon Ğarbiy sohilda qurbonlar soni ham sezilarli darajada oşgan. Sönggi ikki yil içida Ğarbiy cohilda Isroil kuçlari tomonidan mingdan ortiq falastinlik öldirilgan.
Isroil rasmiylari yangi amaliyot haqidagi bayonotida hududni ibroniyça “Şimoliy Samariya” deb ataşgan. 26 noyabrda boşlangan harakatlar yil boşidagi “Temir devor” amaliyoti emas, yangi “aksilterror operatsiya” ekani ma’lum qilingan. HAMAS va “Falastin mujohidlari harakati” Isroilning amaliyotini “etnik tozalaş” deb atadi.
“Hizbulloh”ni qurolsizlantiriş talabi
26 noyabr kuni Isroil mudofaa vaziri Kats Livandagi vaziyatga doir keskin ogohlantiriş bilan çiqdi. Xalqaro uruşni örganiş instituti mavzu borasida tahlillarini e’lon qildi. Unga köra, Israel Kats parlamentning Taşqi işlar va mudofaa qömitasiga bergan bayonotida, agar “Hizbulloh” yil oxirigaça qurolsizlantirilmasa, Isroil Livan hududida harbiy amaliyotlarni kengaytirişga majbur bölişini ta’kidlagan. Katsning aytişiça, Isroilda “boşqa çora qolmaydi” va “kuç işlatişga majbur böladi”.
Undan oldinroq, avgust oyida AQŞ ham Livan hukumatidan yil oxirigaça “Hizbulloh”ni qurolsizlantirişni talab qilgandi. Livan qurolli kuçlari esa yil oxirigaça faqat Litani daryosining janubida “Hizbulloh”ni qurolsizlantira olişini, mamlakat böylab buni amalga oşiriş uçun 15 oy kerakligini bildirgan.
Isroil esa bundan norozi. Isroillik rasmiylar “Hizbulloh” özini juda tez qayta tiklab olayotganini aytmoqda. Ularga köra, oktyabr oyi oxirida “Hizbulloh” Suriyadan Livanga yuzlab raketalarni yaşirinça olib kirişga muvaffaq bölgan.
Sönggi haftalarda Isroil mudofaa kuçlari Bikaa vodiysi va Livanning janubida taşkilotga tegişli raketa işlab çiqariş va saqlaş inşootlarini aniqlab, yöq qilganini e’lon qilgan edi.
















