Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida yuk og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan mashinalar uchun olti oyga cheklov o‘rnatilmoqda
21 oktabr kunidan Islom Karimov ko‘chasida harakat qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Tashkent city kompleksi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari atrofidagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 21 oktabr kunidan yuk og‘irligi besh tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari uchun cheklov o‘rnatilmoqda.
Cheklov Islom Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 6 oy muddat davomida amal qiladi.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, bir kun davomida (21 oktabr) Tashkent City parki soat 14.00 dan 20.00 gacha yopiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026