Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda paxta xomashyosini qo‘shib yozishning oldi olindi
Foto: KUN.UZ
Qoraqalpog‘istonda paxtani qo‘shib yozishning oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “Xalqobod paxta tozalash” AJga qarashli “Qorako‘l paxta qabul qilish maskani” operatori Sardor A., “A.Q.” fermer xo‘jaligi tomonidan maskanga joriy yilning 12, 14 va 16 oktabr kunlari topshirilgan paxta xomashyosiga yana 3 tonna paxta xomashyosini qo‘shib yozish va yuk xatlarini qalbakilashtirib berish evaziga, fermer xo‘jaligi rahbaridan 6,0 mln. so‘mni talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Qorako‘l paxta qabul qilish maskani” moddiy javobgar shaxslariga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
01:25 / 07.11.2025