Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung o‘z smartfonlaridagi muammo uchun mijozlardan uzr so‘radi
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi bir qator smartfonlarida qurilmani blokdan chiqarish sensori ishida kuzatilgan nosozlik sababli yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
“Biz barmoq izlarini tanishdagi muammolar sababli mijozlarimizga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Biz smartfonlarda [Galaxy S10 va Note 10 qatori] yuzaga kelgan xatoni to‘g‘rilash uchun dasturiy ta'minotni yangilashni boshladik”, deyilgan kompaniya bayonotida.
O‘tgan hafta kompaniya smartfonlar egalariga qurilmalar ekranlari uchun himoya qoplamalarini qo‘llamaslikni va yangi dastur chiqquncha xotiradan barmoq izlarini o‘chirishni so‘ragan.
Avvalroq The Verge internet-portalida ekranlar uchun gelli negizdagi himoya qoplamalarini qo‘llash smartfonni barmoq izi bilan blokdan chiqarish sensori ishini izdan chiqarishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan. Ushbu muammo smartfonning xavfsizlik tizimidagi kamchilik bo‘lib, smartfonlar ekranlari nosozlik sababli istalgan odam barmog‘i yordamida ochilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
21:33 / 25.04.2026