Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi e'lon qilindi. Tegishli nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlarining murojaatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish sxema bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi.

Undirilgan yig‘im quyidagi tartibda taqsimlanadi:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga;

60 foizi — OAKning hisob raqamiga;

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ekspertizasiz) tan olish O‘zbekiston Respublikasi OTM/ITM kengashi tavsiyasiga muvofiq OAK tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992 yil 1 yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlarni tan olish talab etilmaydi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun OTM/ITM kengashi tomonidan bevosita DXA yoki YaIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilinadi.

DXAga murojaat qilinganda OTM/ITM nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, YaIDXP orqali murojaat qilinganda OTM/ITM ilmiy kotibi xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatini tan olish haqidagi so‘rovnomani to‘ldiradi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: