Ilmiy unvonlar berish OTM va ITMlarga o‘tkaziladi - OAK
Bugun, 5 fevralda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatidagi ustuvor vazifalar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, oldinda turgan vazifalar haqida aytib o‘tildi.

Foto: nuu.uz
Xususan, attestatsiya sohasida oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari mustaqilligiga erishish uchun dotsent, katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlarini berish vakolati tajriba tariqasida reytingi yuqori bo‘lgan 30 ta OTMga hamda Fanlar akademiyasi tavsiyasi asosida ITM kengashlariga beriladi.
Shuningdek, elektron hujjat aylanish tizimini attestatsiya jarayoniga joriy etish uchun 5 ta dasturiy ta'minot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Bular:
- ilmiy darajalar uchun attestatsiya ishlari;
- ilmiy unvonlar uchun attestatsiya ishlari;
- ilmiy kengashlar, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari kengashlari bilan yozishmalar;
- ilmiy kengashlarning Oliy attestatsiya komissiyasi veb-saytidagi yagona portali;
- amaldagi dissertatsiya ekspertizasi bilan bir qatorda dissertatsiya matnini Internet tarmog‘iga joylashtirish orqali ilmiy jamoatchilikning elektron ekspertizasi.
Bundan tashqari, ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxati bekor qilinadi. Bundan maqsad barcha nashrlarga teng sharoit yaratishdir.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi
O‘zbekiston | 15:50
-
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda
O‘zbekiston | 15:40
-
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi
Fan-texnika | 15:37
-
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu nima uchun muhim?
O‘zbekiston | 15:23
Mavzuga oid

11:23 / 09.08.2021
«Nashr et yoki yo‘q bo‘l» - O‘zbekistonda sifatsiz «olimlar» ko‘payishi omillari

08:01 / 05.05.2021
Ilmiy unvonlar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

20:14 / 11.04.2021
Sifatsiz olimlar tayyorlashda davom etamizmi? Ilm sohasida tuzatilishi lozim bo‘lgan jabhalar haqida

13:22 / 27.06.2020