Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ekspertizasiz) tan olish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlarining murojaatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish O‘zbekiston Respublikasi OTM/ITM kengashi tavsiyasiga muvofiq OAK tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash OTM/ITM tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalari yoki ilmiy markazlarida ilmiy unvonlar berilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olishda OTM/ITMga ko‘maklashadi.
Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992 yil 1 yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlarni tan olish talab etilmaydi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun OTM/ITM kengashi tomonidan bevosita DXA yoki YaIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilinadi.
Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
60 foizi — OAK hisob raqamiga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi;















