Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz muxbirlari Eldor Shomurodov haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun Rostovda bo‘lib turishibdi
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘zining yorqin o‘yinlari bilan nafaqat o‘zbekistonlik, balki rostovlik muxlislarni ham xursand qilib kelmoqda. Kun.uz sayti muxbirlari Rossiya chempionati to‘purari bo‘lib turgan Eldor Shomurodov haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun Rostov shahrida bo‘lib turishibdi.
Muxbirlarimiz «Rostov»ning «Sochi», «Spartak» va «Krasnodar» bilan o‘yinlarini stadiondan tomosha qilib, Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashadi va u haqda ko‘rsatuvni suratga olishadi. Bu vaqt davomida «Rostov»ning o‘yinlaridan eksklyuziv kadrlar ham Kun.uz sayti va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilib boriladi. Tez orada Eldor Shomurodov haqidagi ko‘rsatuvni saytimizda tomosha qilasiz. Bizni kuzatib boring.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026