Özbekistonda aholini gaz bilan ta'minlaş yaxşilanişi uçun nimalar qilinmoqda, magistral gaz quvurlari qay ahvolda, gaz eksporti qanday yönalişlar orqali amalga oşiriladi?
Şu va boşqa qator savollarga javob oliş maqsadida «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati raisi Uluğbek Sayidov bilan suhbatlaşdik.
Sayidov Uluğbek Husanoviç – Özbekiston neft-gaz sohasida qariyb 20 yillik iş tajribasiga ega. Dastlab «ÖzLITIneftgaz» OAJda muhandis sifatida iş boşlagan, 32 yoşida mazkur loyiha institutining boş direktori etib tayinlangan. 2016-2019 yillarda «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari lavozimida mehnat qilgan. 2019 yilning 24 iyulidan – «Öztransgaz» AJ boşqaruvi raisi.
– Uluğbek Husanoviç, dastlab Özbekiston gaz transport tizimi haqida sözlab bersangiz.
– Mamlakatimiz gaz-transport tizimi eng rivojlangan tizimlardan biridir. Barça viloyatlardan magistral gaz quvurlari ötgan va ularning umumiy uzunligi 13 250 km.ni taşkil qiladi. Misol uçun aytişimiz mumkin, Buxorodagi Gazli koni hatto sobiq ittifoq gaz tizimining boşlaniş nuqtasi bölgan. Bundan 50-60 yil oldin Buxoro gazi Rossiya federatsiyasi hududiga yetkazib berilgan. Mana şu Gazli hududini haligaça Özbekiston Respublikasining gaz-transport habi deb hisoblaş mumkin. Gazli koni negizida gaz ombori ham mavjud va bu ombor har yili 3 mlrd. kub m. gaz saqlaş va qiş mavsumida foydalaniş imkonini beradi.
Bugungi kunda tarmoğimizda 393 ta gaz taqsimlaş, 25 ta kompressor stansiyalari bor va ularda 250 ta agregatlar işlaydi. Ular gazni bir nuqtadan ikkinçi nuqtaga yetkazişga xizmat qiladi.
Eng muhim nuqtalarimizdan biri bu – Markaziy Osiyo gaz ötkaziş quvurlari tizimi. Bu tizim azaldan özbek va turkman gazlarini şimolga yetkazib berişga xizmat qilgan va bir kunda 100 mln. m3 gaz ötkaziş quvvatiga ega.
Mustaqillik yillarida yana bir yirik gaz ötkaziş tizimi qurildi – bu Özbekistonning 525 km. hududidan ötuvçi, Turkmaniston va Özbekiston gazini Xitoyga yetkazib beruvçi yönaliş hisoblanadi. Bu tranzit orqali Özbekiston yaxşi mablağ işlab oliş bilan birga mazkur loyiha töliq xorijiy investitsiya orqali amalga oşirilgani ham ahamiyatlidir. Bu loyiha 50 mlrd. m














