Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi.
Qo‘llanmada shunday deyiladi:
1. Gaz qurilmalarini qayta yoqishga shoshilmang – bu chaqnashga olib kelishi mumkin
2. Gaz ta’minoti jumragini yopib qo‘ying
3. Derazalarni oching va oshxonani shamollating
Gaz qurilmalarining olovi tekis va ko‘k rangda bo‘lishi kerak. Qizil yoki sariq olov – gaz to‘liq yonmayotganini anglatadi. Bunday holatlarda mutaxassisni chaqirish kerak.














