Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Televizorlarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Tovar moddiy boyliklarini mamlakatimizga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yana bir bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Do‘stlik tumanida fuqaro Ya.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransporti tezkor kuzatuvga olinib to‘xtatildi va belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada fuqaro S.A.ga tegishli bo‘lgan va hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 56,4 million so‘mlik 47 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026