O‘zbekiston | 09:29 / 02.11.2019
3921
8 daqiqa o‘qiladi

Fanlar akademiyasining qator ilmiy-tadqiqot muassasalarini moliyalashtirish takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya fanlari yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moliyalashtirilishi takomillashtiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining kimyo-biologiya fanlari kompleksi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari tuzilmasi tasdiqlanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga zaruratga ko‘ra ilmiy-tadqiqot muassasalari tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Quyidagilar:

o‘simlik va hayvon organizmlari asosida berilgan xossaga, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan biologik faol moddalarni yaratish (ajratib olish, sintez qilish, modifikatsiyalash);

ularning tuzilishini o‘rganish, funksional faolligini skrining qilish; struktura-funksiya bog‘liqlikni aniqlash va model sistemalarda (in vitro, in vivo) molekulyar darajada ta'sir etish mexanizmlarini tadqiq qilish, muhim biomolekulyar tizimlarni ta'sir etish mexanizmi va tuzilishlarini o‘rganish bo‘yicha fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirish;

dorivor birikmalarni yo‘naltirilgan yetkazib berilishi va ularning ta'sir ko‘rsatish nishonlarini topish uchun vektorlarni konstruksiyalash;

yangi dori preparatlarini yaratish, klinikoldi va klinik tadqiqotlarning barcha bosqichlarini o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma olish;

dori preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlari va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarining bioxavfsizligini baholash bo‘yicha sertifikatlangan usullarni ishlab chiqish;

qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish jarayoniga biotik va abiotik omillarning ta'siri ostida immunitet induksiyasining molekulyar mexanizmlarini o‘rganish hamda ko‘payish, o‘sish va rivojlanishni maqsadli boshqarish uchun samarali ta'sirga ega bo‘lgan birikmalarni yaratish;

o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekologik xavfsiz himoya qilish vositalari hamda o‘sish stimulyatorlarini yaratish;

ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish va tijoratlashtirish – Fanlar akademiyasining O.S. Sodiqov nomli Bioorganik kimyo institutining;

eksportga yo‘naltirilgan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yuqori samarali, resurslarni tejaydigan, yuqori texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;

mahalliy xom-ashyolardan katalizatorlar va demulgatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha samarali texnologiyalarni ishlab chiqish;

yoqilg‘i va ishlab chiqarish chiqindilarini ikkilamchi qayta ishlashni tashkil qilgan holda uglevodorodlarni qayta ishlashning samarali va resurs tejaydigan texnologiyalarini yaratish;

don va sabzavot ekinlari uchun samarali o‘g‘itlar, defoliantlar, stimulyatorlar, shuningdek oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lgan kompleks ta'sirli urug‘larni yaratish va ishlab chiqarish;

Orolbo‘yi mintaqasi tuproqlari va qumlarini kimyoviy va biologik mustahkamlashning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

rangli va nodir metallarni sorbsion ajratib olish bo‘yicha yuqori samarali texnologiyalarni yaratish;

mahalliy xom ashyo asosida issiqlik va tovushdan saqlovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;

asbest-sement mahsulotlari va sement ishlab chiqarish uchun resurslarni tejaydigan, ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish;

tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish – Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining;

tegishli iqtisodiyot sektorlariga ilmiy natijalarni tatbiq etish bo‘yicha innovatsion yondashuv va takliflar hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqish;

o‘simliklar genetikasi, fiziologiyasi, biokimyosi, molekulyar biologiyasi, seleksiyasi, urug‘chilik va urug‘shunosligining ustuvor yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borish, genetikaning an'anaviy va zamonaviy uslublari asosida nav yaratishning yangi uslublarini yaratish;

Gossypium L. turkumi kolleksiyasining bioxilma-xilligini o‘rganish va boyitish;

moslanuvchanlik jarayoni irsiylanishining genetik qonuniyatlarini, moslanuvchanlikning epigenetik va morfofiziologik xususiyatlarini o‘rganish, qishloq xo‘jalik ekinlarining biotik va abiotik omillariga chidamliligini oshirish yo‘llarini aniqlash;

qishloq xo‘jalik ekinlari, dorivor va fitomeliorativ o‘simliklar ishlab chiqarishning biotexnologik uslublarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish;

qishloq xo‘jalik ekinlarining original va F1 duragay urug‘lari olishning yangi samarali uslublarini ishlab chiqish;

tuproq unumdorligini va qishloq xo‘jalik ekinlarining mahsuldorligini oshirish uchun mikroblar asosida yangi bio – va nano materiallar yaratish;

qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklarini fitopatologik va molekulyar diagnostika qilish, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish;

ilmiy tadqiqotlar natijalari va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish va tijoratlashtirish – Fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining;

bakteriologiya, mikologiya, virusologiya, molekulyar biologiya, gen muhandisligi va zamonaviy biotexnologiya sohalarida mikrobiologiya va biotexnologiyaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni bajarish;

mikrobiologiya va biotexnologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

mikrobiologiya va biotexnologiyaning turli jabhalarida qo‘llaniladigan mikroorganizmlar to‘plami fondini shakllantirish va yuritish;

mikroorganizmlar shtammlarini ulardan foydalanuvchilarning talabiga binoan, patent olish maqsadida mikroorganizm shtammlarini saqlashni ta'minlash;

sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligida va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mikroorganizmlarning noyob mahalliy shtammlarini tanlab olish va ular asosida ekologik toza chiqindilarsiz va kam chiqindili biotexnologiyalarni ishlab chiqish;

yangi avlod biopreparatlarini ishlab chiqish uchun yuqori faollikka ega bo‘lgan mikroorganizmlarni tanlab olish va gen muhandisligi usullari bilan yaratish;

o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtirish, fitopatogenlardan himoya qilish, hosildorlikni oshirish uchun yangi, xavfsiz, import o‘rnini bosadigan ekologik toza mikrob preparatlarini ishlab chiqish va agrosanoat majmuasiga kiritish;

yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan bifidobakteriyalar va sut achituvchi bakteriyalar shtammlarini ajratish va tanlab olish hamda xalq xo‘jaligi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik uchun yuqori samarador oqsil bilan boyitilgan probiotik mikrob preparatlari va biosintez mahsulotlarini ishlab chiqarish biotexnologiyalarini yaratish va amaliyotda qo‘llash mahalliy resurslar bazasida bioyoqilg‘i ishlab chiqarishning ishonchli, ekologik toza texnologiyalarini yaratish;

atrof-muhit namunalarini bioremediatsiya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;

simbioz holda yashovchi rizosfera mikroorganizmlari bilan o‘simliklarning o‘zaro ta'sirini o‘rganish;

qishloq xo‘jaligi, sanoat va maishiy chiqindilarni chuqur va samarali qayta ishlash, biogaz va yuqori sifatli o‘g‘itlar uchun oqava suvlar va loydan foydalanish texnologiyalarini joriy etish;

tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish – Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi.

Quyidagilar ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatining moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

2020 yil 1 yanvaridan ITM bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlar natijalariga asosan Davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarish uchun ajratiladigan mablag‘lar;

xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid