Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda 7,5 mln dollarlik dasturiy mahsulot eksport qilindi – vazir o‘rinbosari

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
2019 yilning 9 oyida 7,5 mln dollarlik dasturiy mahsulot eksport qilingan. AKT vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 10 mln dollarga yetkaziladi.
«Dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini yil yakunigacha 10 mln dollarga yetkazishni maqsad qilib qo‘yganmiz va ushbu yo‘nalishda 100tadan kam bo‘lmagan yangi korxonalarni tashkil etish va 500dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan», deya vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida ta'kidlanishicha, 2019 yilning 9 oyida dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi korxonalar tomonidan 546,6 mlrd so‘mlik kompyuter dasturlash xizmatlari ko‘rsatilgan hamda 7,5 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda tashkil etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil 2019 yil 24 iyuldan buyon faoliyat yuritmoqda. Hind ilg‘or tajribasi asosida ishlayotgan ushbu texnoparkda 300dan ortiq rezident-korxona a'zo bo‘lgan.
«Texnopark hozirgi kundagi talabni qondiryapti, lekin tendensiya shunaqaki, rezident bo‘lishni xohlovchi sub'yektlar soni ortib borishi munosabati bilan texnoparkning hududini kengaytirish loyihasi konsepsiyasini yaqin bir oy ichida tasdiqlashni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Texnopark faoliyatini kengaytirish, axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi hamda Texnopark faoliyatlarini birlashtirish masalasini muhokama qildik va hozirgi kunda davlatimiz rahbarining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish choralari ko‘rilmoqda», deydi Qahramon Yo‘ldoshev.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

16:19 / 07.04.2023
AKT vazirligi va Aloqabank binolari Aloqabankdan kredit olgan kompaniyaga sotildi

21:01 / 02.11.2022
O‘zbekistonda Telegram faoliyatida uzilishlar kuzatildi. AKT munosabat bildirdi

11:08 / 24.09.2022
Meta kompaniyasi vakillari AKT vaziri va AOKA direktori bilan uchrashdi

14:47 / 07.09.2022