«Ta'limda islohotlar: O‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik» – «Al-Farobiy ta’lim» xususiy maktabida ilk ochiq dars
Har bir ota-ona farzandlari kuchli bilim va yuksak madaniyat o‘rgatadigan maktabda tahsil olishini xohlaydi. Buning uchun hatto pul to‘lab xususiy maktablarga yuboradi. Tabiiyki, farzandi qanday sharoitga ega dargohda ta'lim olayotgani va o‘qituvchilar mahorati ko‘pchilikni jiddiy o‘yga toldiradi.
O‘z faoliyatini yaqinda boshlagan, qisqa muddat ichida bolajonlar va ota-onalarining mehrini qozonishga ulgurgan «Al-Farobiy ta’lim» xususiy maktabida, yaratilgan sharoitlar hamda ustoz murabbiylar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 1 noyabr kuni Olmazor tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri Zamira Azimbayeva tashabbusi bilan keng jamoatchilik uchun «Ta'limda islohotlar: O‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik» ochiq darslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir maktab o‘quvchilarining o‘tgan davr mobaynida o‘rgangan bilimlarini ko‘rgazmali namoyishi bilan boshlandi. O‘quvchilarning ingliz, arab va rus tillarida erkin so‘zlayotganligining guvohi bo‘lgan mehmonlar ushbu maktabning ustozlari va o‘quv dasturiga alohida qiziqish bildirdi.
Tadbirning ikkinchi – ochiq dars qismida esa tashrif buyurganlar arab va ingliz tillari mashg‘ulotlarini kuzatish uchun zamonaviy jihozlarga ega, xalqaro standartlarga javob beruvchi sinflarga yo‘l olishdi. Eng muhimi, ingliz tili fanidan AQShning dunyoga mashhur «Global education service, Advanced» dasturi asosida xorijlik mohir o‘qituvchilar, Arab tilidan esa xalqaro nufuzga ega Misr ta'lim dasturlariga monand misrlik ustozlar dars berishi yig‘ilganlarning alohida e'tirofga sazovor bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida mamlakatimizda ilk bor maktab o‘quvchilari uchun tatbiq etilgan ta'limdagi innovatsiya asosidagi qo‘shimcha: gimnastika, sport va badiiy ijodiy mashg‘ulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ular orasida eng qiziqarlisi shubhasiz ot sporti bo‘ldi. Murg‘akligidanoq chiniqib, jonivorlar bilan do‘st tutinib ot choptirayotgan bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonch va shodlik barchani hayratga soldi.
– «Bugungi tadbir barchamizni hayratga soldi. Bu ta'lim tizimidagi islohotlarning yaqqol natijasidir. Ushbu maktab ta'lim sifatining yangi bosqichiga qadam qo‘yibdi», – deydi mehmonlardan biri.
«Al-Farobiy ta’lim» maktabi – farzandingiz uchun siz kabi qayg‘uradi!
Murojaat uchun telefonlar:
(90) 131-15-15
(90) 111-14-14
(90) 393-14-14
Batafsil ma'lumotlarni alfarobiy.uz saytidan hamda Facebook'dagi
Al-Farobiy ta'lim Maktab sahifasidan olishingiz mumkin!
Reklama huquqi asosida