Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro AdvancED dasturi rahbari Toshkentdagi «Al-Farobiy ta’lim» maktabiga tashrif buyurdi
Dunyoda ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha dasturlar ko‘p. Ammo, ular orasida AdvancED dasturi maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi va samarali dastur sifatida xalqaro darajada e'tirof etilgan.
Mazkur dastur Amerika qo‘shma shtatlariga tegishli bo‘lib rahbari Kem Hussain hisoblanadi. 1 fevral kuni janob Kem Hussain «Al-Farobiy ta’lim» maktabiga tashrif buyurdi. Mehmonni «Al-Farobiy ta’lim» maktabi ta'sischisi kutib oldi.


Keling, avvalo AdvancED dasturi haqida to‘xtalib o‘tsak. AdvancED akkreditatsiya, tadqiqot va professional xizmatlar orqali ta'limdagi ustunlikni targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Yanada soddaroq qilib aytganda, ingliz tilini o‘rganuvchilarga eng ilg‘or va zamonga qarab rivojlanib boruvchi uslublarni taqdim etuvchi amaliy loyihadir. Bu dastur orqali ingliz tilini mutlaqo bilmaydigan o‘quvchi ham tez fursatda osonlik bilan inglizcha so‘zlay boshlaydi.
Ta'kidlash joizki, AdvancED dunyodagi eng katta ta'lim hamjamiyati bo‘lib, ayni damda jahonning turli mamlakatlaridagi 30.000 ga yaqin maktablar va maktab tizimidagi muassasalarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


Quvonarli jihati shundaki, mazkur dastur doirasida ta'lim beruvchi maktab endi O‘zbekistonda ham mavjud. AdvancED dasturi bo‘yicha ingliz tilini o‘rgatayotgan maktab qaysiligiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, bu – «Al-Farobiy ta’lim» xususiy maktabidir.
Ochilganiga qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay, «Al-Farobiy ta’lim» xususiy maktabida yuzlab o‘quvchilar ingliz tilida erkin so‘zlashishni o‘rganmoqdalar. Ishonmaganlar maktabimizga tashrif buyurib, dars jarayonlarining guvohi bo‘lishi mumkin.


Joriy yilning 1 fevral kuni AdvancED xalqaro Korporatsiyasining Yaqin Sharq va Osiyo mintaqasi bo‘yicha Vitse-Prezidenti Kem Hussain dastur bo‘yicha to‘liq ingliz tilidan mashg‘ulotlar olib borilayotgan poytaxtimizdagi «Al-Farobiy ta’lim» xususiy maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida janob Hussain mamlakatimizda xorijiy tillar ayniqsa ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish bo‘yicha jadal olib borilayotgan ishlar haqida iliq munosabatlar bildirdi. Ayniqsa xususiy maktablar uchun berilgan imkoniyatlar, imtiyozlar yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi deya ta'kidlab o‘tdi. Jumladan, «Al-Farobiy ta’lim» xususiy maktabi bu borada anchayin katta qadamlarni tashlab, AdvancED bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgani ham ijobiy natijadir.


Tashrif so‘ngida Vitse-Prezident Kem Hussain hamda «Al-Farobiy ta’lim» maktabi ta'sischisi bilan ingliz va xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli rejalar xususida kelishib olindi. Shundan so‘ng mehmonlarni «Al-Farobiy ta’lim» maktabi ta'sischisi hamrohligida boy tarixiy, madaniy merosimiz gavhari sanalmish navqiron Samarqand shahriga yo‘l olib, ulug‘ allomalar abadiy qo‘nim topgan maqbaralarni ziyorat qilishdi.
AQShning xalqaro AdvancED dasturi bo‘yicha ingliz tilidan ta'lim beruvchi «Al-Farobiy ta’lim» maktabi ushbu dasturga qiziqqan barcha ota-onalar va ularning aziz farzandlarini o‘z bag‘riga taklif etib qoladi.
«Al-Farobiy ta’lim» maktabi – farzandingiz biz bilan ingliz tilida ona tilidek so‘zlay oladi!
«Al-Farobiy ta’lim» maktabi ma'muriyati