2019 yil oxirigaça internet xizmatlari narxi 15-20 foizga arzonlaşişi kutilmoqda. Bu haqda 4 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşev ma'lum qildi.

Uning aytişiça, 2019 yilning 9 oyida operator va provayderlar uçun internet tarmoğiga ulaniş xizmatlari narxi 29 foizga arzonlaşdi va hozirgi kunda 1 mbit uçun 70 ming sömni taşkil qilmoqda. Albatta bu çegara emas.

Vazir örinbosarining bildirişiça, ötgan yili «Özbektelekom» tomonidan yirik loyiha amalga oşirilgan bölib, unga köra xalqaro paketli kommutatsiya markazining ötkazuvçanlik qobiliyati 10 barobar kengaytirilgan. Hozir ötkazuvçanlik qobiliyati 1,2 gigabit tezlikka teng.

«Internet xizmatlari narxining tuşişida bir-biriga boğliq bölgan köp omillar bor. Bugungi kunda respublikadagi yirik operator va provayderlar tomonidan xizmatga bölgan talabdan kelib çiqib markazning foydalaniş foizi ortib bormoqda. Yuklama ortib borişi bilan birga teng ravişda sotib olinayotgan internet kanallarining hajmi ham ortib boradi. Şu munosabat bilan operatorlardan olinayotgan narxning qiymati ham tuşirib boriladi.

Aytmoqçimanki, agar 2019 yilning 9 oyida 29 foiz arzonlaşgan bölsa, yil yakunigaça internet xizmatlari narxi 15-20 foizga arzonlaşişi kutilmoqda», deya AKT vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir örinbosari internet xizmatlariga kundan-kunga talab ortib borayotganini inobatga olib, vazirlik tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xususida ham töxtalib ötdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

«Tarmoq şunaqa jadal sur'atlar bilan rivojlanyaptiki, yaqin bir neça yil içida xalqaro paketli kommutatsiya markazining ötkazuvçanlik qobiliyatini kengaytiriş loyihasining keyingi bosqiçini davom ettirmasak, talabni qondira olmay qolişimiz ehtimoli ham bor. Şuning oldini oliş uçun hozirgi kunda yana ikkinçi bosqiçdagi texnik loyiha ustida iş olib borilmoqda», deydi Qahramon Yöldoşev.

Matbuot anjumanida, şuningdek, Özbekistonda mobil aloqa yetib bormagan 478ta aholi punkti