Uning aytişiça, mamlakatda OITSga qarşi kuraş tizimi oxirgi yillarda öz faoliyatining barça yönalişlarida qator yutuqlarga erişib kelmoqda.
“Yurtimizda OIV infeksiyasi böyiça epidemik vaziyatda barqarorlaşiş kuzatilmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS böyiça qöşma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “90-90-90” strategik maqsadlariga erişişida katta ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda 78ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15tasi OITSga qarşi kuraş markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63ta tumanlararo laboratoriyalardir. Uşbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PsR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekşiruvlar ötkaziladi. Davlatimiz tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan ta'minlaş uçun har yili 8 milliard sömdan ortiq mablağ ajratilmoqda”, — deydi Qahramon Yöldoşev.
Qayd etilişiça, OIV aniqlangan şaxslarni davolaşning dunyoda tan olingan usuli – retrovirusga qarşi davolaş bölib, respublikada bemorlarning 70 foizdan ortiği uşbu davolaş usuli bilan qamrab olingan.
“Pandemiya davrida çet eldan kelgan 261 394 nafar mehnat muhojirlari OIV infeksiyasiga tekşiruvlar bilan qamrab olindi va OIV aniqlangan holatlarda dispanser nazoratiga olindi.
Pandemiya şaroitida bemorlarga qulaylik yaratiş maqsadida OIV infeksiyali onalardan tuğilgan bolalarga quruq sut aralaşmalari oylik ehtiyojidan kelib çiqib, 3 oylik zaxirasi bilan tarqatildi”, — deya aytib ötdi OITSga qarşi kuraş markazi direktori.








