Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksport va import qiluvchi korxonalarning javobgarligi keskin kuchaytiriladi
Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valuta nazorati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi. Prezidentning tegishli farmoni loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Ma'lumki, chet ellardan xorijiy valutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yo‘l qo‘ygan eksportyorlar, shuningdek, tovarlarning respublikaga olib kirilishini va ularning «erkin muomalaga chiqarish» rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar ko‘rsatish 30 bank kunidan ko‘proq muddatda (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun — 60 bank kunida) bajarilishini ta'minlamagan importyorlar belgilangan muddatlar tugagandan so‘ng respublika budjeti daromadiga jarima to‘laydilar.
O‘zgartirishlarga ko‘ra:
valuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valuta mablag‘i summasining 40 foizi (hozirda 10 foiz) ekvivalentida;
valuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 180 kundan kechiktirilgan hollarda — kelib tushmagan valuta mablag‘i summasining qo‘shimcha 60 foizi (hozirda 20 foiz) ekvivalentida jarima to‘lash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, valuta tushumi tushirilishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechiktirilgan hollarda kelib tushmagan valuta mablag‘i summasining qo‘shimcha 70 foizi ekvivalentida jarima to‘lash bo‘yicha talab chiqarib tashlanadi.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026