Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mana biz yoningizdamiz». Saida Mirziyoyeva yoshlarni tashabbuskorlikka chaqirdi
Toshkentda Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan Respublika sardorlar forumi o‘tkazilmoqda.
6 noyabr kuni tadbirning tantanali ochilish marosimida Senat raisi Tanzila Norboyeva, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Alisher Sa'dullayev ishtirok etdi.

«Forumda millionlab o‘quvchilar orasidan saralab olingan, tengdoshlariga o‘rnak va yetakchi bo‘lishdek mas'uliyatli vazifaga loyiq topilgan bolalar ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda so‘zga chiqib, sardorlarni tashabbuskor, fidoyi, ijodkor bo‘lishga, qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan faqat olg‘a harakat qilishga chaqirdim», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

«Yoshlarga yetakchilik qilish, atrofdagilarga namuna bo‘lish oson emas. Lekin qalbimizda vatanga muhabbat, fidoyilik, ertangi kunga ishonch bo‘lsa, bu bizga kuch beradi.
Sardorlar, siz yolg‘iz emassiz. Prezidentimiz, hukumat a'zolari, mana biz sizning yoningizdamiz. Doimo sizlarni qo‘llashga tayyormiz», – degan Mirziyoyevadan iqtibos keltirdi O‘zA.
Ma'lumot uchun, «Kamalak» bolalar tashkilotiga 2003 yilda asos solingan. Yoshlar ittifoqi qoshidagi tashkilotning eng quyi bo‘g‘ini – ta'lim muassasalaridagi «Kamalak» bolalar tashkiloti Sardorlar kengashidir.

Mavzuga oid
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
09:00 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva va Yerlan Karin sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:21 / 22.06.2026