Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Isuzu»ga ortilgan noqonuniy televizorlar to‘xtatib qolindi
Maishiy texnika buyumlarini yashirincha olib kirishga doir qonunbuzilish holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Do‘stlik tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqaro U.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 20 dona, umumiy qiymati 37 million so‘mlik televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026