Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT sobiq bosh kotibi: «Rossiya va Xitoy - parvozga shaylanayotgan Markaziy Osiyoning qanotlari»

Foto: KUN.UZ
Samarqandda «Valday» muloqot klubining X Osiyo konferensiyasi o‘tkazilmoqda. «Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik chaqiriqlari oldidan ko‘p tomonlama hamkorlik» mavzusida o‘tkazilayotgan bu konferensiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining sobiq bosh kotibi tojikistonlik Rashid Alimov ham qatnashdi. U Rossiya va Xitoyni mintaqa uchun ikki muhim mamlakat deb atadi.
«Mintaqa mamlakatlari uchun Rossiya va Xitoy eng ishonchli hamkorlar hisoblanadi. Parvozga shaylanayotgan O‘rta Osiyoning qanotlari aynan Rossiya va Xitoy. Mintaqa mamlakatlari o‘zaro hamkorlik orqali rivojlanishi mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘sib bormoqda. Xitoy va Rossiya mintaqaning dominantlari emas, mavjud hamkorlardir.
Rossiya, Xitoy va mintaqadagi 5 ta mamlakatning o‘zaro tovar aylanmasi bir yilda 20 foizga, ya'ni 25-27 milliard dollarga oshdi. Taqqoslash uchun AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,7 milliard dollarni tashkil qiladi. Gap taqqoslashda ham emas, hamma o‘z hamkorini o‘zi topadi.
Erishilgan yutuqlardan havolanib, to‘xtab qolish emas, ishonchli hamkorlar bilan ishlashda davom etish kerak»,— deb Alimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

12:30 / 17.07.2025
China Eastern O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni boshladi

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

21:47 / 16.07.2025
Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi

07:48 / 16.07.2025