O‘zbekiston | 12:30 / 17.07.2025
1754
1 daqiqa o‘qiladi

China Eastern O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni boshladi

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirib, Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Transport vazirligi

16 iyul soat 14:50 da aviakompaniyaning birinchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Mazkur yo‘nalishda aviakompaniya haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil avgust oyi oxirigacha yana 11 ta reys qo‘shilishi, yil yakuniga qadar haftalik aviaqatnovlar soni 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid