Iqtisodiyot | 16:45 / 12.11.2019
18528
2 daqiqa o‘qiladi

Epsilon: «Hududgazta'minot» AJ bilan birgalikda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish boshlandi

Kompaniya «Hududgazta'minot» AJ bilan birgalikda kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan bir maromda ta'minlash borasidagi Hukumat topshirig‘ini bajarishda ishtirok etib kelmoqda.

Bu borada aholiga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmani rivojlantirishda «Hududgazta'minot» AJga madad ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 12 noyabr kuni kompaniya ko‘magida Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan 485 ta xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Mazkur yo‘nalishda yangi, zamonaviy gaz tashuvchi avtomobillardan foydalanish yaxshi samara bermoqda. Chunonchi, avvalgi bir martalik qatnov bilan solishtirilganda, endilikda ulardan foydalanish natijasida uch barobar ko‘proq xonadonlarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlash imkoni paydo bo‘ldi. 

Avvalroq xabar berganimizdek, kompaniya avvalo chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash maqsadida maxsus gaz tashuvchi avtomobillar parkini shakllantirish bo‘yicha tegishli ishlar olib bormoqda.

Kompaniya sohadagi ishlar haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid