Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv yetkazib berish bo‘yicha davlat xarajatlari iste'molchilar tomonidan qoplanadi
Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibi belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, Nizom 2020 yil 1 iyulidan kuchga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 – 2022 yillar tajribasidan kelib chiqib suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023 yilning 1 yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan iste'molchilarga suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ular o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lovlar asosida amalga oshiriladi.
Suvni yetkazib berish xarajatlarini qoplash miqdori qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan maydonning ball boniteti va ekilgan ekin turiga qarab turlicha belgilanadi.
Vazirlik tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarining bir birlik (1 kub m) hajmdagi suv yetkazib berish xarajatlari mazkur tashkilotlarni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar va yetkazib beriladigan suv miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlar quyidagicha foizlarda qoplanadi:
2020 yilda – 10 foizi;
2021 yilda – 20 foizi;
2022 yilda – 30 foizi;
2023 yilda – 40 foizi;
2024 yilda – 50 foizi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari sug‘oriladigan ekin maydoni o‘lchamiga qarab bir yilda ikki marta: 1 iyul sanasigacha 50 foizini, 20 dekabr sanasigacha qolgan 50 foizini; sanoat va energetika tashkilotlari har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun to‘lovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xo‘jaligi tashkilotlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib beradi.
Suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida iste'molchilardan kelib tushgan mablag‘lar suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi:
90 foizi – besh ish kuni mobaynida Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi;
10 foizi – suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladi.
Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomda ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga sarflanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
suv xo‘jaligi obektlarida favqulodda holatlar yuz berishining oldini olish va tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga;
xodimlarni belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishga;
suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlashga, ularning tasarrufidagi irrigatsiya tizimini ta'mirlash va tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, lizing to‘lovlarini amalga oshirish hamda kadrlar malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:34 / 26.04.2026