Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligaga yo‘llanma olgan «A» Pro-liga g‘olibi - «Mash'al»ga kubok yo‘qmi!?»
«A» Pro-ligada o‘tkazilgan so‘nggi 28-tur uchrashuvlari bilan musobaqa yakuniga yetdi. Muborakning «Mash'al» klubi turnir g‘olibi sifatida kelasi yilgi Superliga bahslariga yo‘llanma oldi.
Asror Aliqulov shogirdlari 55 ochko bilan 1-o‘rinni egallashdi. Muborak klubi Superliga yo‘llanmasi uchun kurashda Farg‘onaning «Istiqlol», Toshkentning «Oqtepa», G‘uzorning «Sho‘rtan», Farg‘onaning «Neftchi», Urganchning «Xorazm» klublarini ortda qoldirdi. So‘nggi ikki o‘rinni esa «Sherdor» va «Iftixor» jamoalari band etishdi.
E'tiborlisi, mavsumning so‘nggi o‘yinidan keyin «Mash'al» jamoasi klubning «Telegram»dagi rasmiy kanali orqali turnir tashkilotchilariga haqli kinoya va savol bilan murojaat qildi:
«O‘tgan mavsum «A» Pro-ligada «Andijon» g‘olib bo‘lgach kubok topshirildi. Bu mavsum «Mash'al» chempion!! Lekin kubok qani!?» - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.
Chindan ham A Pro-liga o‘tgan yilgi mavsumining 35-turida «Andijon» o‘z maydonida «Istiqlol»ni qabul qilib, Sherzod Qosimov boshqargan bahsda qanday g‘alaba qozongani hamda shaxsan PFLning sobiq rahbari qo‘lidan kubokni qo‘lga kiritgani ko‘pchilikning yodida.

Mavzuga oid
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
11:07 / 15.04.2026
Superliga. «So‘g‘diyona»ning birinchi g‘alabasi va Babayanning iste’fosi
11:39 / 10.04.2026
Superliga. «Neftchi» to‘xtatildi, Qo‘qonda mojaroli penalti va hakamlikdan norozi PFL
21:18 / 09.04.2026