Light | 21:26 / 14.11.2019
28830
2 daqiqa o‘qiladi

Agar Oy o‘rnida sayyoralar bo‘lganda ular Yerdan qanday ko‘ringan bo‘lardi (video)

Amerikalik havaskor astronom Nikolas Xolms YouTube’dagi kanalida koinot haqida qiziqarli videolar joylashtirib boradi. Bir safar uning miyasiga fantastik g‘oya keladi: agar Yer atrofida Quyosh tizimi sayyoralari Oy orbitasi bo‘ylab harakatlanganda bu qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?

Xolms buni o‘zi montaj qilgan videoda ko‘rsatishga harakat qilgan. U videoda Merkuriyni tasvirlamagan, chunki bu sayyora Oydan o‘lchami bo‘yicha uncha farqlanmaydi. Ammo ulkan Yupiter va Saturn o‘z halqalari bilan birga Oy o‘rnida bo‘lganda Yerdan juda salobatli ko‘ringan bo‘lardi.

Yaponiya koinot agentligi JAXA sayyorashunosi Jyeyms O'Donoxyu ushbu videoga izoh berib, unda tasvirlangan sayyoralar o‘lchami to‘g‘ri olinganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, videoda bir nechta nomosliklar bor. Jumladan, videoda sayyoralarga tushuvchi quyosh nuri aslidagidan farq qiladi. Shuningdek, sayyoralar kerakli burchakda og‘magan va boshqa tezlikda aylanadi. Va nihoyat, agar ular Yerga Oy kabi yaqin bo‘lganda, sayyoramiz ancha “tang holatga” tushib qolgan bo‘lardi.

Biroq Oyni sayyoralar bilan almashtirish g‘oyasi butun dunyoda ommalashib, uning turli variantlari paydo bo‘ldi. Jumladan, “Roskosmos” mutaxassislari Moskvadan bu holat qanday ko‘rinishining modelini yaratishgan.

Mavzuga oid