Raqib irodaliroq chiqqanda. Sobiq «Vilyarreal»chining goli bizni mag‘lub etgan o‘yindan fotoreportaj
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Saudiyaga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berdi. Vadim Abramov qaytganidan buyon bu milliy jamoaning ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Aslida hammasi futbolchilarimiz uchun yaxshi o‘tayotgandi...
O‘yinni juda yaxshi boshlagan Abramov jamoasi o‘zi xohlagan to‘pni nazorat qilishni yaxshi uddaladi. Raqib jarima maydoni oldidagi pressing esa gol urilishiga olib keldi. 16-daqiqada Eldor Shomurodov Ikrom Aliboyevning to‘pni olib qo‘yganidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo yigitlarimizning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 23-daqiqada Salmon al-Faraj penaltini gol bilan yakunladi.
Ikkinchi bo‘limni ham futbolchilarimiz yaxshi boshlashdi. 56-daqiqada Farrux Sayfiyevning zarbasidan so‘ng to‘p saudiyalik futbolchining qo‘liga tegdi va hakam endi Saudiya darvozasiga penalti belgiladi. Standartni Otabek Shukurov bexato amalga oshirdi.
Ammo o‘yin oxirida iroda ko‘rsatgan saudiyaliklar g‘alabani ilib ketishdi. 85-daqiqada Salmon al-Farajning zarbasi rikoshet orqali golga aylandi. 90-daqiqada esa bir muddat «Vilyarreal»da tajriba orttirgan Salim al-Dosari super goli bilan Saudiyaga g‘alaba keltirdi.
O‘yindan keyin Vadim Abramov raqib hech qanday jabhada ustunlik qilmaganini, ularning gollari mantiqiy bo‘lmaganini aytdi. Raqib murabbiyi Erve Renar ham jamoasi futbolchilarning individual mahorati evaziga g‘alaba qozonganini yashirmadi.
Quyida O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘yinidan tayyorlangan fotoreportajni e'tiboringizga havola qilamiz.
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024