Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent viloyatining ayrim tumanlari hududida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan:
2019 yil 14 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani «Achamayli» va «Qoraqo‘yli» MFY hududlaridagi yuqori bosimli gaz uzatish quvurida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, mazkur hududlardagi jami 3714 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar;
Chinoz tumani, «Oydin» hududi, «Qaxramon» mahallasida jami 1100 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar;
Olmaliq tumani, «Abdulla Qodiriy», «Terakli» MFYlari hududidagi jami 667 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Hududgazta'minot» ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:41 / 04.07.2026