Toşkent viloyatidagi issiqxonalarni köçiriş boşlandi. Kun.uz'ga murojaat qilgan tadbirkor sohaning Surxondaryodagi istiqboli rasmiylar aytayotganidek yoruğ bölmasligini aytmoqda. Uning sözlariga köra, köçirişdan boşqa yöl ham bor: zamonaviy filtrlaş tizimlari va aniq texnik standartlar.
Jurnalist Şokir Şaripov Toşkent issiqxonaçilik harakati faollaridan biri Xurşid Ahmedov bilan şu mavzuda suhbatlaşdi.
- Siz Toşkent issiqxonaçilik harakatining faollaridan birisiz, sohaning içidasiz. Hozir, şu tobda issiqxonaçilik sohasida vaziyat qanday?
- Prezidentimizning 180-sonli qarori oziq-ovqat xavfsizligi böyiça farmoni çiqdi. Undan keyin 162-sonli qaror çiqdi. U yerda Toşkent va Toşkent atrofidagi beşta tumandagi issiqxonalarni “Surxon Agro” proyekti ostida Surxondaryoga köçiriş böyiça masala qöyildi. Bunga, avvalo, ekologik holat sabab böldi. Administratsiya rahbari boşçiligida reydlar ötkazilganda körildiki, ayrim issiqxona egalari har xil nojoiz narsalarni yoqib, havoga çiqarayotgan zararlari tufayli mana şunaqa holatga kelib qoldik. Özim issiqxonaçiman. Özimizning issiqxonamiz bor.
Şu soha vakili bölganim uçun atrofimizdagi özimizga öxşagan odamlar yiğilib, davlatimizga bir taklif bilan çiqdik. Yeçim deb bizlar nimani aytyapmiz? Mana, Özbekistonda gazlaştiriş töxtatilgan. Ya’ni gaz yöq deb oldik. Lekin biz issiqxonani isitişimiz kerak. Nimadan foydalanamiz? Issiqxonadan çiqadigan tayyor mahsulot narxining 80 foizini yonilği faktori belgilaydi. Ya’ni siz yonilğini qançalik arzon olsangiz, mahsulotingiz bozorga şunçalik arzon kiradi. Va undan taşqari, atrofimizdagi qöşni davlatlardagi raqobatni inobatga olgan holda fikrlaydigan bölsak, biz uçun eng optimal variant kömir bölib turibdi.
- Lekin kömirdan yomon gaz çiqadi...
- Ha, ekologiyani buzadi. Bilamiz, kömir eng yomon, eng kir, havo uçun zararli bölgan yonilği turi hisoblanadi. Bir tomondan, eng arzon, ikkinçi tomondan, ekologiya uçun, environment uçun, atrof-muhit uçun eng zararli. Lekin şu bilan birga men bir faktni keltirib ötmoqçiman.
Xitoyni nima Xitoy qildi?
- Ozgina sohadan uzoqlaşamiz. Xitoy davlatining iqtisodini, uning oxirgi 30 yildagi faqat tepaga qarab ösişi omilini çuqur örganadigan bölsak, bu – arzon yonilği. Ya’ni dunyoning ikkinçi ekonomikasi yiliga 5,5 milliard tonna kömir işlatadi. Özida 4,2 milliard tonna kömirni qazib olib, töğridan-töğri ekonomikasiga yönaltirib, oğir industriya, işlab çiqariş, isitiş, elektr energiyasi işlab çiqarişda töğridan-töğri kömir yoqadi.
- Ammo oxirgi davrlarda Xitoy ekologiyaga e’tibor qaratdi...
- Şunday. Aynan mana şu yerda bizlar Xitoy tajribasini olsak böladi. Xitoy tajribasini yaqindan örganib qaraydigan bölsak, “yoki katta-katta şaharlardan zavodlarni çiqaramiz yoki zamonaviy filtr usuliga ötamiz” deyişdi. Zamonaviy filtr usuli nima? Bu – tört bosqiçdan iborat bölgan havo tozalaş tizimi. Közingiz oldiga keltiriş uçun, bu bir yaşik emaski, havo bu yerdan kirib, u yerdan toza çiqib ketdi. Yöq. Bu yerda kömirdan çiqadigan tört xil zaharli gazning har bittasi alohida-alohida tozalanadi. Aytaylik, misol tariqasida, Amerika Qöşma Ştatlari 50 milligramm bilan 400 milligramm orasida ekologiya uçun zararli emas deb topgan joyda Xitoy aytyaptiki, yöq, 50 milligramm bilan 100 milligramm örtasida işlaysan, deyapti işlab çiqaruvçiga. Işlab çiqaruvçiga qöyilayotgan talab kuçli. Şu orqali öşa zamonaviy filtrlarni tatbiq qilib, hozirda Xitoy muammodan çiqib ketdi.
Öşa zamonaviy uslubdagi yangi qaraş, yangi texnologiyalarni Özbekistonda joriy qilsak, bizda ham bu narsa yeçiladi. Ya’ni yeçimi bor. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, yangi zamonaviy tört bosqiçdan iborat filtr sistemasida kömir yoqiş jarayonida 25 foiz, qörqmay ayta olaman buni, 25 foiz kömirning KPDsini oşirib, ortiqça energiyaga erişsak böladi. Ya’ni kömirni töğri yoqiş jarayonida undan olinayotgan energiya 25 foizga oşiriladi. Qöşimça kislorod beriş evaziga molekulyar darajada uglerodni kislorodga majburlab qöşganimizda portlaş hosil böladi. Xuddi öşa kömirdan, aytaylik, 500 gradus issiqlik olayotgan bölsak, mana şu funksiyani qöşganimizda harorat 700 gradusga kötariladi. Qöşimça 200 gradus bizlarga nima beradi? Yoqilği tejamkorligini beradi. Ekologiyaga çiqayotgan zararli modda, öşa uglekislota gazini yoqib olganimiz evaziga peçkaning içida, taşqariga çiqayotgan havo tozalanib çiqadi va buning isboti bor. Körsatib bera olamiz.
Bu – 6-7 oylik mehnatimiz hosili, tört bosqiçdan iborat bölgan havo tozalaş tizimi.
Körayotganingiz — bu bir megavattdan ortiq suv çiqarib bera oladi. Bundan çiqayotgan havo massasi birinçi siklon degan kömir zarraçalarini oladigan filtr tizimiga tuşadi. Öşa kotyol içida hozirda işlaş gradusimiz 550-560 gradusda işlayapti.
Tsiklonga ötgan paytida uning gradusi 350 ga tuşadi. Undan çiqib, elektrostatik filtrga tuşadi. Elektrostatik filtr vazifasi — bu PM2,5 zarralari bilan havodagi tutunni parçalab beriş, ya’ni magnit maydoni hosil qiliş evaziga taşqariga çiqib ketayotgan tutun, hattoki tutun massasini soçib yuboradi va gradus bu joyda 150 gradusga tuşadi.
Mana, içida körib turgan narsamiz oxladitel deyiladi. Ya’ni biz bu havo massasini sovitamiz, bizning filtrdan çiqayotgan issiq havo massasi batamom sovitilib, hozirda işlayotgan paytimizda 34 gradusda çiqyapti va körsatişimiz mumkin. Bemalol qölni qöysa böladi ustiga, kuymaydi. Keyin bu havo massasi kirib, mana bu yerda höl filtrdan çiqqan tutun massasini suv bilan yuvamiz. Suv bilan yuvib, oltingugurt kislotasida tozalaymiz. Bu joyda harorat 35 gradusga tuşadi. 35 gradusga tuşgandan keyin körayotganingiz kamerada havo massasi mexanik filtrdan ötadi.
Ya’niki, agar qandaydir tizimda xato bölib qolgan bölsa, uning oldini oliş maqsadida bu filtrdan havo massasi ötadi va içidagi mayda zarralar batamom tugatilib, körib turgan öşa mörimizdan çiqib ketadi. Mana körganingizdek, heç qanaqa tutun yöq. Va eng qiziği, bizning filtr tozalaş tizimimiz yopiq tizim ustiga qurildi. Mana bu yerda 10 tonnali “yomkost” bor. Mana maşina içidagi suv doim sirkulyatsiyada turgani evaziga biz suvni oqizib yuborib, tabiatni buzmaymiz.
Bizdan oldingi filtr razrabotkalarida bitta filtr bir gektar issiqxona uçun işlaş jarayonida kuniga 10 tonna suvni sarf qilgan, 10 tonna suv kislotani yuviş jarayonida yuvilib ketgan. Biz ana öşa 10 tonna suvni 150 kunga köpaytiradigan bölsak, 1,5 ming tonna suv, 1,5 ming kub suv oqib ketişining oldini olamiz.
Filtrimiz oltita funksiyani bajaradi. Birinçisi – oksid uglerod. Xalq tili bilan aytganda, is gazi bilan kuraşadi. Ikkinçisi – azot oksidi deyiladi. Azot dioksidi. Keyingisi – oltingugurt kislotasi. Mana bu eng xavflisi. Öşa – kömir yoqqanda burnimizni açiştiradigani, u bilan kuraşadi. Keyin PM2,5 degan mayda zarraçalar bor. Bu bilan kuraşadi. Va oxirgisi, oltinçisi – suvni iqtisod qilib, özini özi tozalaydi. Faqat biz öşa reagent bilan suvning balansini, pH’ni uşlab turamiz. Bu sirkulyatsiya qiladi. Havoga çiqib ketayotgan peçkaning içidagi temperaturani 64 gradus qilib çiqaramiz taşqariga. Ya’ni bizning mana şu yengil filtr, yengil texnologiya global isiş, ya’ni global issiqlik, hamma yoqda issiq ketayotgani, planeta qizib ketayotgani degan savolga javobni berdi. Oddiy inson temperaturasi 36,5 gradus. Bizning filtrdan 34,5 gradus issiq bölib çiqadi, havoni namlab beradi.
- Qaysidir idora tekşirdimi filtrni? Qanaqadir xulosa berişdimi?
- Albatta, Ekologiya qömitasining xodimlari testerlardan ötkazişdi. Bu hujjatlarni men sizga taqdim qila olaman. Hattoki videolari ham bor. Körib, fikr-mulohaza yuritişingiz mumkin.
Lekin, bitta “lekin” bor
“Lekin” şundan iboratki, bu filtrimizni joriy qilişda yölimizda bitta tösiq turibdi. Şu tösiqning yeçimini muhtaram prezidentimizdan, davlat mutasaddilaridan söraymiz. Buyam nima desangiz, prezidentimiz 2024 yil 15 oktyabrda çiqargan qarorlarida, xususan, issiqxona, kömir yoqadigan issiqxona peçlari uçun filtrni tozalaş texnik şarti 99,5 foiz deb belgilangan. Bu şunday narsaki, suvni litrda ölçamasdan, kiloda ölçaş bilan barobar.
99,5 foiz havoni tozalaş... Nimaga nisbatan?
Butun dunyoda, agar bir megavatt issiqlik beradigan issiqlik kotyollardan çiqadigan uglekislota gazi miqdori, azot oksidi, azot dioksidi, serovodorod uçun tayyor şablon ölaroq allaqaçon işlab çiqilgan parametrlar 50 milligramm bilan 100 milligramm orasida bölsa, siz “okey”siz, sizga yaxşi stiker beriladi. Demak, biz hozir yaratgan filtrlar bilan dunyoning xohlagan davlatida işlay olamiz. Xitoyga borsangiz ham, Amerika Qöşma Ştatlariga borsangiz ham, Yevropaga borsangiz ham, hamma joyda bu filtr, bu tizim, bu texnik şart va metodika töğri bölgani uçun biz standart içida qolamiz. Lekin Özbekistonda qöyilayotgan mana şu bitta xatolik sabab.
Şu xato töğrilansa ham ekologiyamiz saqlab qolinadi, ham issiqxonalar. Issiqxonalardan taşqari sanoat korxonalari bor.
- Ya’ni bu yerda şunçaki texnik xato...
- Ha, texnik xato. Yillar mobaynida örganilgan bilimlarimiz, tajribamiz bor. Issiqxona madaniyati Toşkentda paydo böldi va bu yerda Toşkent maktabi şakllandi. Bular avloddan avlodga ötib kelyapti. Toşkent issiqxona egalari öz issiqxonalarida doimiy tadqiqot olib borişadi. Bu aynan Toşkentda böladi. Yangi navlar, yangi öğitlar, boşqa yangi narsalar şu yerda sinovdan ötkaziladi. Şu sabab Toşkent pomidori degan brendni saqlab turibmiz. Buning orqasida juda ham katta ilm, juda ham katta mehnat va vaqt yotadi. Agar bu narsani olib Surxondaryoga köçiraveradigan bölsak, bu narsadan ayrilib qolişimiz xavfi bor.







