O‘zbekiston AQSh bilan yana bir soha bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi
Oliy Majlis Senatida Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi hamda Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlar, jumladan, iqtisodiy sohadagi islohotlar sezilarli natija berayotganligi, bu esa jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilayotganligi qayd etildi. Bu iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liq sektorlari umumiy tizimining markaziy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan kapital bozoriga ham taalluqli. Kapital bozori rivoji umuman iqtisodiyot rivojlanishida bevosita aks etadi, chunki bu bozor xavf-xatarni investor va kompaniya o‘rtasida taqsimlagan holda yuqori daromadli investitsiyalarni moliyalashtirish imkonini beradi.
Mehmonlar O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish uchun katta salohiyat borligini va bundan to‘liq foydalanish zarurligini qayd etdilar. AQSh qimmatli qog‘ozlar bozorini kuzatish va tartibga solish funksiyalarini bajaruvchi bosh organ hisoblangan AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi bu sohada ilg‘or tajribani joriy etishda va tegishli soha mutaxassislari malakasini oshirishda O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga ko‘maklashishga tayyor.
AQSh Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi vakillari ham raqobatbardosh va samarali fyuchers bozorlarini targ‘ib qilishda hamda investorlarni savdo amaliyotidagi firibgarliklardan va jinoyatlardan himoya qilish mexanizmlarini amaliyotga joriy etishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.
Joriy yil 12-14 noyabr kunlari Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari kapital bozorlari, markaziy banklari va moliya vazirliklarining bu yo‘nalishdagi malakasini oshirishga bag‘ishlangan birinchi seminar tashkil etildi. Seminarda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi hamda Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi ekspertlari bozor, huquqni qo‘llash amaliyoti rivoji, bozor ishtirokchilarini ekspertiza qilish, qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarish borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
Senatda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik vaqtida e'tibor qaratish zarur bo‘lgan qator masalalar belgilab olindi. Tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024