11:00 / 16.11.2019
0
12406
Reklama

LG AI DD: kiyimlarni ehtiyotkorona avaylash uchun aqlli yondoshuv

LG’dan intellektual kir yuvish mashinalari – tezkor, ishonchli va zamonaviy.

Foto: LG Electronics

LG Electronics (LG) o‘zining kir yuvish mashinalariga AI DD sun'iy intellektualini o‘rnatib, maishiy texnika bozorida chinakam revolyutsiyani amalga oshirdi. Aqlli kir yuvish mashinalari  o‘z egasini murakkab rejimlar tanlovidan ozod etgan holda sifatli tozalash uchun algoritmni avtomatik tarzda optimallashtiradi.

LG AI DD texnologiyasi 20.000 xil mato birikmalarining ma'lumotlar bazasini boshqaradi. Barabanga yig‘ilgan matolarning hajmi, turi, zichligi va yumshoqligiga qarab, kir yuvish mashinasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish tizimi yordamida barabandan protsessorga elektr signallarini yuboradi. Bu jarayon uch bosqichda amalga oshadi: og‘irlikni o‘lchab ko‘rish, matoning zichligini aniqlash, yuqish siklini optimallashtirish. Intellektual tizim yig‘ilgan ma'lumotni tahlil qiladi va kir yuvishning optimal algoritmini tanlaydi. Bunday yondoshuv kiyim-kechakka zarar yetish ehtimolini 18 foizgacha kamaytiradi va sevimli liboslarimizning umrini uzaytirishga yordam beradi.

LG’ning TurboWash 360 funksiyasi sifatni yo‘qotmagan holda bor-yo‘g‘i 39 daqiqa ichida qulay tezkor kir yuvishni ta'minlab beradi. Shuningdek, 3D Multi Spray texnologik suv yuborish yechimi kir yerlarni yanada yaxshiroq ketkazish uchun bir vaqtning o‘zida to‘rt xil yo‘nalishda suv oqimlarini chiqarish orqali kiyimlarni ikki barobar tezroq tozalashga yordam beradi. Steam+ bug‘lash funksiyasi xavfli allergenlarni yo‘qotib, dazmollash jarayonini yengillashtirish uchun g‘ijimlikni 30 foizgacha kamaytiradi. Siz sof, toza va deyarli dazmollangan kiyimlarni olasiz.

Dizaynning maxsus tuzilishi kir mashina qoplamining o‘lchamlarini saqlab qolgan holda baraban hajmini oshirishga imkon berdi: chuqurligi 47 sm bo‘lgan modellarda 8,5 kg gacha bo‘lgan yuk; 56 sm bo‘lgan modellarda esa 10,5 kg yuk. Barabanning uchlari zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib, o‘zining gigiyenik jihatdan xavfsizligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi. Ularning nostandart joylashuvi kiyimlar aylanishini kamaytirgan holda kirlarni baraban ichida yaxshiroq tarqatishga yordam beradi.

LG AI DD kir yuqish mashinalarining ideal tashqi ko‘rinishi tirnalish va yuqori haroratlarga mustahkam turuvchi chidamli shisha eshigi bilan qoplangan.

Foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida LG AI DD kir yuvish mashinalarini Wi-Fi orqali LG SmartThinQ mobil ilovasi yordamida boshqarish imkoniyati ham mavjud.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top