Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident topshirig‘i: Qibrayda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim dargohi filiali tashkil qilinadi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim dargohi filiali tashkil qilinadi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 15 noyabr kuni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hamda aholini dori vositalari bilan ta'minlash borasidagi ishlar tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarga yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100taga yetkazish hamda sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim dargohi filialini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi turdagi mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirib, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyaning yirik farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
14:32 / 22.05.2026
Qibrayda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari ushlab qolindi
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026