Özbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda botulizm aniqlandi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ogohlantiriş bilan çiqdi.
Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga murojaat qilgan ayrim bemorlarda botulinotoksin saqlovçi “Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy” va “Dysport 500 Clostridium botulinum type A toxin-haemagglutinin complex” mahsulotlari kosmetologik maqsadlarda qöllanilganidan söng oğir nojöya reaksiyalar, jumladan botulizmga xos klinik belgilar kuzatilgan.
Ma’lum qilinişiça, hozirda mazkur mahsulotlarning kelib çiqişi va ularning qonuniy muomalasi bilan boğliq holatlar yuzasidan tegişli tekşiruv işlari olib borilmoqda.
“Şuni alohida qayd etiş kerakki, “Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy” va “Dysport 500 Clostridium botulinum type A toxin-haemagglutinin complex” mahsulotlari Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazilmagan. Şu sababli ularning xavfsizligi, sifati va samaradorligi belgilangan tartibda baholanmagan”, deyiladi xabarda.
Markaz internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali taklif etilayotgan şubhali mahsulotlarni sotib olmaslik, agar uşbu mahsulotlar xarid qilingan bölsa, ularni qöllamaslik, qöllaş boşlangan bölsa foydalanişni darhol töxtatiş va şifokorga murojaat qilişni tavsiya etgan.
Uşbu mahsulotlarni qöllagan şaxslarda körişning xiralaşişi, qovoqlarning tuşib qolişi, yutiniş qiyinlaşişi, nutq buzilişi, muşaklar kuçsizligi, nafas oliş qiyinlaşişi yoki boşqa noodatiy alomatlar kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiliş söralgan.
Markaz holat böyiça nazorat va örganiş işlari davom ettirilayotganini qöşimça qilgan.
















