Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin bosh murabbiyi: «Ikkala jamoani ham g‘alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi»
Ertaga, 19 noyabr kuni JCh-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z maydonida Falastin bilan bahs yuritadi. O‘yin 17:00da «Paxtakor» stadionida boshlanadi.
Bugun ushbu bahsdan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida qatnashgan Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ali o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ertangi o‘yin har ikkala jamoa uchun juda muhim. Jamoalar so‘nggi o‘yindagi mag‘lubiyatni unutishga harakat qilishadi va 3 ochko uchun maydonga chiqishadi. Ikkala jamoa ham bir xil holatda.
Zamonaviy futbolda nimanidir yashirish qiyin. O‘zbekiston futbolchilarini yaxshi o‘rganganmiz. Faqat 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Boshqa natija bizni qoniqtirmaydi.
O‘zbekistonning kuchli futbolchilari haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, Eldor Suyunov, Farrux Sayfiyev, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamovlarni aytishim mumkin. Shuningdek, «Rostov»da o‘ynaydigan Eldor Shomurodovning o‘yinlarini ham kuzatib boraman. U ham ajoyib futbolchi.
Biz sun'iy maysali maydonlarga o‘rganib qolmaganmiz. Tabiiy maydonda o‘ynashda muammoyimiz yo‘q. Muhimi, maydon sifati yaxshi bo‘lsin. Biz ertangi o‘yinga har tomonlama tayyor bo‘lishimiz kerak. Himoyada ham, hujumda ham birdek yaxshi harakat qilishimiz shart.
Ob-havo muammo tug‘dirmaydi. Iqlimga moslashish uchun ham bu yerga 3 kun avval keldik.
Abu Varda sariq kartochkalar soni tufayli o‘ynay olmaydi. Ammo bizda 23ta futbolchi bor. Bir futbolchi o‘rnini boshqasi to‘ldirishi mumkin», – deb bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026