Tojikiston terma jamoasining ayrim futbolchilari Toshkentdan Qirg‘izistonga nega o‘z vaqtida ucha olishmadi? Usmon Toshev javob berdi
Bishkekda JCh-2022 saralash bosqichi «F» guruhi doirasidagi Qirg‘iziston – Tojikiston o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazilib, unda mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev jurnalistlar savollariga javob qaytardi, - deya xabar bermoqda TFF rasmiy sayti.

«Qirg‘iziston bilan o‘yinga faqat g‘alaba umidida keldik. Aynan ushbu o‘yindan keyin guruhda 2-o‘rin masalasi hal bo‘lsa kerak» - deya so‘z boshladi o‘zbekistonlik mutaxassis.
«To‘g‘ri, Toshkent orqali Qirg‘izistonga uchish oldidan kichik muammo chiqdi. Bizda aviachiptalar va viza masalasida muammo bo‘ldi. Shu bois, terma jamoa futbolchilarining aksariyati yakshanba kuni, yana bir qismi bugun, dushanba kuni yetib kelishadi. Buni qo‘rqinchli joyi yo‘q, yigitlar Toshkentda qolib ham mashg‘ulotlar o‘tashdi. Toshkentdan Bishkekkacha 45 daqiqa parvoz qilinadi, shunday ekan, ayrim futbolchilarning kechroq kelishi jamoa o‘yiniga ta'sir qilmaydi.
Myanmaga qarshi o‘yindan keyingi iste'fo haqidagi gaplarga qanday qarayman? Har narsa deyish mumkin. Bu hamma murabbiyning taqdirida bor. Iste'fo haqida kim gapirayapti yoki yozayapti, bilmayman. Hamma qanday yashashni o‘rgatadi, ammo baxtlilar negadir ko‘p emas. Shunday ekan, gap-so‘zlarga ko‘p ahamiyat bermayman. Bu normal holat. Hattoki, Xitoy terma jamoasi mashhur Lippini haydab yubordi. Imkoniyat bor ekan, bor kuch bilan ishlashda davom etamiz. Qirg‘izistonni Dushanbeda mag‘lub eta olgandik. Bu safar ham aynan g‘alabaga intilamiz» - deydi Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi
Jahon | 13:07
-
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 13:06
-
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi
Jahon | 12:38
-
Hibsdagi sakkiz kishi: Rossiyada yana bir ozarboyjonlik qamoqqa olindi
Jamiyat | 12:33
Mavzuga oid

19:00 / 02.02.2024
Osiyo kubogi-2023. Iordaniya Tojikistonni mag‘lub etib, dastlabki yarimfinalchiga aylandi

22:01 / 30.01.2024
Rustam Imomali Tojikiston milliy jamoasiga 450 ming AQSh dollari mukofot puli ajratdi

17:04 / 18.06.2023