Guruhda muddatidan avval 1-örinni qölga kititib, final masalasini hal qilib ulgurgan Özbekiston milliy jamoasi 3-turda Tojikistonga qarşi bahs yuritdi. 

Bellaşuvda avvalgi turlarda maydonga tuşmagan yoki kam öynagan futbolçilar harakat qildi. Birinçi bölimda Parviz Umarboyev jarimadan kiritgan supergoli bilan mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölimda tarkibda bir qator özgarişlar bilan maydonga çiqqan mezbonlar gollar yomğirini yoğdirişdi. Jasur Yaxşiboyev, Eldor Şomurodov, Abbos Fayzullayev, Hojimat Erkinov va Oston Örunov öz hisoblariga gol yozdirib qöyişdi (5:1). 

Özbekiston 20 iyun kuni öz maydonida ötadigan finalda Eron bilan öynaydi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 20:30da boşlanadi.

CAFA Nations Cup
A guruhi. 3-tur. 17 iyun
Özbekiston — Tojikiston 5:1
Gollar: Jasur Yaxşiboyev (53), Eldor Şomurodov (56, penalti), Abbos Fayzullayev (72), Hojimat Erkinov (83), Oston Örunov (90+6, penalti) — Parviz Umarboyev (13). 
Özbekiston — Botirali Ergaşev, Alibek Davronov, Abduqodir Husanov, Ibrohimxalil Yöldoşev, Jamşid Iskanderov (Eldor Şomurodov, 46), Abdulla Abdullayev (Abbom Fayzullayev, 46), Akmal Mozgovoy, Dilşod Saitov (Hojiakbar Alijonov, 83), Jasur Yaxşiboyev (Oston Örunov, 73), Bobur Abdixoliqov (Hojimat Erkinov, 73), Jamşid Boltaboyev (Odil Hamrobekov, 46).
Tojikiston — Rustam Yatimov, Zoir Jöraboyev, Manuçehr Safarov, Vahdat Hanonov (Sodiq Qurbonov, 65), Parviz Umarboyev (Xolmurod Nazarov, 80), Amir Jöraboyev, Alişer Jalilov, Şervoni Mabatşoyev (Nuriddin Hamroqulov, 65), Ehsoni Payşanbe (Komron Tursunov, 80), Axtam Nazarov, Manuçehr Jalilov (Murodali Aknazarov, 87). 
Ogohlantirişlar: Vahdat Hanonov (28), Ibrohim Xalil Yöldoşev (38), Parviz Umarbayev (41), Manuçehr Safarov (42), Ehsoni Payşanbe (59). 

Gollarga boy ötgan Markaziy Osiyo derbisidan olingan fotosuratlarni tomoşa qilişingiz mumkin.