Jamiyat | 14:08 / 19.11.2019
26463
4 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent shahar ETK» AJ poytaxt elektr energiyasi iste'molchilariga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrda «Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3981-sonli Qaroriga asosan, Toshkent shahar bo‘ylab reja asosida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash ishlari jadal olib borilmoqda, lekin ayrim tumanlarda yakunlanish arafasida juda ko‘plab fuqarolar o‘z xonadonida bo‘lmasligi tufayli loyihani yakunlashga salbiiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

«Toshkent shahar ETK» AJ xodimlarining ish vaqti soat 08:00 dan 17:00 gacha bo‘lsada, loyihani yakunlash uchun aksariyat ishchilar kech soat 20:00 gacha hisoblagichlarni almashtirish vazifasi bilan shug‘ullanmoqda. Hozirda hisoblagich almashtirish ishlari Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Sirg‘ali va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 80-90 foizdan ortgan. Qolgan iste'molchilarning (10-20 foiz) hisoblagichi uyning ichki qismida joylashganligi, soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘z xonadonlarida bo‘lmaganligi yoki hisoblagichni almashtirishga to‘sqinlik qilayotganligi sababli, loyihani o‘z vaqtida yakunlashni ortga surmoqda.

Toshkent shahridagi barcha iste'molchilarga tegishli bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimga mos kelmaydigan hisoblagichlar to‘liq almashtirilishini inobatga olgan holda, loyihani o‘z vaqtida bajarishimizga to‘sqinlik qilmasdan, balki ko‘maklashishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli Qarorining 1-ilova 44-bandiga asosan avtomatlashtirilgan tizimga mos keladigan hisoblagichlar majburiy tarzda almashtirilishi belgilangan bo‘lib, fuqarolar tomonidan «2021 yilga qadar almashtirsak bo‘ldi-da» degan e'tirozlari NOO‘RIN ekanligini eslatib o‘tamiz.

Yuqoridagilarga ko‘ra, hisoblagich almashtirishga TO‘SQINLIK QILGAN ISTe'MOLChILAR TARMOQDAN AJRATILADI hamda hisoblagich almashtirib, tarmoqqa ulanish uchun eng kam oylik ish haqqining ikki barobari miqdorida jarima undirilgandan so‘ng tarmoqqa qayta ulanib beriladi.

Shu munosabat bilan «Toshkent shahar ETK» AJ hisoblagichlari almashtirilmagan iste'molchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtni quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, telefon raqamlarini va qay vaqtda xonadonda bo‘lishlarini hamda o‘z manzillari haqida ma'lumot berishlarini so‘raydi.

Shunga ko‘ra «Toshkent shahar ETK» AJ tomonidan  alohida xodimlar ajratilib, kunlik ish bajarish yo‘l xaritasi tuziladi.

Yunusobod tumani: (97) 759-66-60, (71) 224-34-17;

Olmazor tumani: (97) 455-99-21, (71) 242-98-20;

Uchtepa tumani: (93) 004-48-30, (71) 274-24-18;

Shayxontoxur tumani: (90) 981-40-12, (71) 230-20-26;

Mirobod tumani: (93) 588-22-83, (71) 230-07-27;

Sergeli tumani: (93) 009-44-17, (71) 230-90-78;

Mirzo Ulug‘bek tumani: (99) 882-39-47, (71) 267-58-13.

Eslatib o‘tamiz, almashtirilayotgan zamonaviy elektr hisoblagichlar, ularni o‘rnatish, tamg‘alash va ro‘yxatdan o‘tkazish «Xududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hisobidan bepul amalga oshiriladi.

«Toshkent shahar ETK» AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid