Jamiyat | 16:41 / 22.11.2019
5233
2 daqiqa o‘qiladi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJda Xitoy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

21 noyabr kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati hamda Xitoyning «NOLLEY TECHNOLOGY» kompaniyasi direktorlar Kengashi raisi boshchiligidagi bir guruh ishbilarmon doira vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida delagatsiya vakillariga elektr energetikasi sohasida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida ma'lumotlar berildi. Tomonlar o‘rtasidagi muloqotda sohada hamkorlik o‘rnatish istiqbollari ham muhokama etildi.

O‘z navbatida, delagatsiya vakillari bugungi kunda mamlakatimiz Prizedenti tomonidan yaratilgan investitsiya muhiti Xitoyning ko‘pgina ishbilarmonlarini aynan O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirganini ta'kidlab, kelajakda energetika sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirishdi.

Tomonlar uchrashuv davomida Davlat dasturlari asosida energetika tarmoqlarini hamda transformator punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda zarur kabel va boshqa jihozlarni hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilishdi.

Muloqot yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga kelishib olishdi.

Ma'lumot o‘rnida hozirgi kunda mamlakatimiz va Xitoy davlati bilan hamkorlikda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) ulangan «Aqlli hisoblagich»lar ishlab chiqarilmoqda. 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid