Saylov — şaxsni deputatlikka, biror taşkilot a'zoligiga yoxud mansabga oçiq yoki yopiq şaklda ovoz beriş yöli bilan saylaş.
Kişilarning birlaşmasi jamiyat deb nomlanadi. Jamiyat bölib yaşaş odamlarga köplab qulayliklar keltiradi. Zero jamiyatda odamlar birlaşib öz hayotiy muammolarini hal qilişadi.
Jamiyat qançalik jips bölsa, şunçalik muvaffaqiyatli böladi. Tarqoq bölsa – muvaffaqiyatsiz.
Jamiyatni haqiqiy jamiyat qiluvçi omillardan biri – hayotiy qarorlarni köpçilik bölib qabul qilişdir. Buning yaxşi tarafi şundaki, qarorlar qabul qilişda yakka şaxslar yoxud jamiyatning ba'zi guruhlari emas, balki hamma bevosita yoki bilvosita iştirok etadi. Köpçilikning aqliy salohiyati işga solinadi.
Bu narsani röyobga çiqariş vositalaridan biri – saylovdir. Bunda kişilar içlaridan eng salohiyatlilarini saylab olişadi va ularga qarorlar qabul qilişni işonib topşirib, ulardan kengaş tuzişadi. Ammo iş şu bilan tugamaydi – saylaganlar saylanganlardan mudom qabul qilingan qarorlardan hisobot sörab turişadi, faoliyatlarini kuzatib borişadi.
Şu tarzda ba'zilargina emas, balki hamma jamiyat işlarida, qarorlarni qabul qilişda iştirok etadi va şu tarzda barçaning manfaati inobatga olinadi.
Demak, saylov – muhim va kerakli narsa.
Ammo bu – saylov haqiqiy saylov bölsa!
Afsuski, köplab holatlarda saylov haqiqiy saylov jihatlarini yöqotib qöyadi. Saylovning asosiy jihati deb omma içidagi salohiyatli, jonkuyar kişilarni saylab oliş deb aytdik. Agarda bu yuz bermasa, ya'ni salohiyatli kişilar emas, balki ba'zi guruhlarning boşqalarga bosim ötkazişi yoki boşqa harakatlar natijasida noloyiq kişilar saylanib olsa, unda SAYLOV özining haqiqiy ma'nosini yöqotib qöyadi. U endi jamiyatga xizmat qiluvçi kuçli vosita – saylov emas, boşqa narsa. Saylanganlar kengaşi esa köpçilik manfaati uçun xizmat qiladigan majlis emas – allambalo boşqa narsa. Bu esa odamlarda jamiyat işlariga daxldorlik hissi pasayib ketadi, degani. Çunki bunda hayotiy muammolar endi köpçilik bölib hal qilinmaydi, qarorlar köpçilik bölib qabul qilinmaydi. Bu endi jamiyat emas, balki şunçaki odamlar töplami. Bu holda muvaffaqiyat qozonilmaydi. Muammolar içida yaşaydi, ammo ularni hal qilolmaydi. Bunda boyliklariga hamma emas, balki ba'zi guruhlar ega çiqadi. Köpçilik esa qaşşoq holatda yaşaydi.











